Sinf uchun jonli test — o'quvchilar telefondan o'ynaydi
Kahoot'ga o'xshash viktorina, lekin o'zbek tilida va Telegram bilan bog'langan. O'qituvchi katta ekranda savollarni ko'rsatadi, o'quvchilar telefonda javob beradi, tezroq va to'g'ri javob bergan ko'proq ball oladi.
Qanday ishlaydi
Testni tuzing
Savollarni qo'lda yozing, Word'dan nusxa oling yoki AI bilan mavzudan tuzing.
Katta ekranda oching
Ekranda QR kod va 6 xonali PIN chiqadi. O'quvchilar test.darsreja.uz ga kirib PIN'ni yozadi.
O'ynang
Har savolga vaqt (10–60 soniya), javoblar statistikasi, reyting va oxirida g'oliblar marosimi.
Imkoniyatlar
📱 Ro'yxatsiz
O'quvchilarga ilova o'rnatish yoki ro'yxatdan o'tish shart emas — faqat ism.
🏆 Reyting va sertifikat
Har savoldan keyin reyting, oxirida 1–3 o'rin uchun sertifikatlar.
⏱ Vaqtni tanlash
Har savolga 10, 15, 20, 30, 40 yoki 60 soniya.
📄 Word'dan import
Tayyor testni nusxa olib qo'ying — savollar va javoblar o'zi ajratiladi.
🤖 Botdagi testlar
@Quiz_import_Bot da yaratgan testlaringizni bir bosishda jonli o'yinga aylantiring.
✨ AI bilan
Mavzu yoki dars matnidan bir zumda savollar (Pro).
Kimlar uchun
- Maktab va litsey o'qituvchilari — dars oxirida mustahkamlash
- Universitet o'qituvchilari — seminar va ma'ruzalarda faollik
- O'quv markazlari va treninglar — qiziqarli nazorat
Narx
Ko'p so'raladigan savollar
O'quvchilar qanday qo'shiladi?
Telefonda test.darsreja.uz ni ochib, ekrandagi 6 xonali PIN'ni yozadi yoki QR kodni skanerlaydi.
O'quvchilar ro'yxatdan o'tishi kerakmi?
Yo'q. Faqat ismini yozadi.
Bir o'yinda nechta o'quvchi qatnasha oladi?
Bepul rejimda 20 tagacha, Pro obunada cheksiz.
Savollarni qanday kiritaman?
Qo'lda, Word yoki boshqa matndan nusxa olib, Telegram botdagi testlaringizdan yoki AI bilan mavzudan.
O'qituvchi qanday kiradi?
Telegram orqali — parol kerak emas.